YEVKLID GEOMETRIYASI

YEVKLID GEOMETRIYASI — mil. av. 3-a. da Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (toʻgʻri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi 5 guruh (bogʻlanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik, harakat va nuqta, toʻgʻri chiziq va tekislik orasidagi munosabatlarga suyanadi. Yevklid geometriyasi birinchi marta izchil ravishda Yevklid «Negizlari»da bayon etilgan. Yevklid geometriyasidan farkli geometriyami birinchi marta rus geometri N. I. Lobachevskiy yaratdi. Yevklid geometriyasi oʻrta maktabda oʻqitiladi va «elementar geometriya» deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVKLID GEOMETRIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI
GEOMETRIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий