XOJA FAZLULLOH

XOJA FAZLULLOH, Xoja Jamoluddin Fazlulloh Abullaysiy (15-a.) — samarqandlik shoir, mudarris. Alisher Navoiynnnt ustozi. Falsafa, fiqh fanlarini, fors va arab tillarini yaxshi bilgan. Fiqh ilmi borasida «Ikkinchi Abu Hanifa» (q. Mazhab) laqabini olgan. Alisher Navoiy Samarqandda oʻqib yurgan chogʻlarida (1465—69), X. F. xonadonida yashagan, taʼlim olgan. Navoiy keyinchalik «Majolis unnafois» tazkirasining 2majlisida u haqsa: «Faqih Abdullays avlodidandir. Fiqhda ani Abu Hanifai Soniy derlar edi va arabiyat (arab filologiyasi)da Ibn Hojib (arab tili grammatikasi boʻyicha «alKofiya» nomli mukammal darslik muallifi) kaffasida tutarlar erdi», deb yozadi. Xoja Fazlulloh madrasada dars berish huquqini ustozi, buyuk tilshunos olim Sayid Sharifdan olgan.

Xoja Fazlulloh katta tilshunos boʻlish bilan birga ijodiy ishlar bilan ham shugʻullangan. Uning sheʼrlari, xususan, muammolari oʻz davrida mashhur boʻlgan. Xoja Fazlulloh 15-a. ilmiy va adabiy muhitida, maʼnaviy hayotida katta oʻrin tutgan.

Ad..Abdullayev V., Tanlanganasarlar, 1j., T., 2002; Valixoʻjayev B., Mumtoz siymolar, 1j., T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: XOJA FAZLULLOH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
TEMURIYLAR
BERUNIY
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты