YEVKRADIT

YEVKRADIT (? – mil. av. 155) – YunonBaqtriya podsholigi shohi (mil. av. taxm. 171 — 155), dastlab Baqtriyadagi harbiy garnizon boshligʻi. Demetriy I ning Hindistonga qilgan yurishidan foydalanib, mil. av. taxm. 174-y. da Baktriyada qoʻzgʻolon koʻtargan va hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. Baqtriyaliklar Yevkradit boshchiligida sugʻdiylar, araxotlar, drangʻlar, areylar va hindlar bilan betinim urushlar olib borishgan. Demetriy I bir qism qoʻshini bilan Hindiston yurishidan qaytib Yevkradit qoʻshini bilan kurashga kirishgan va Baqtra sh. ni qamal qilgan. Qamal 5 oyga choʻzilgan. Yevkradit 300 jangchisi bilan botbot qalʼadan chiqib 60 minglik qoʻshinga ega raqibiga ketma-ket zarbalar berib gʻalabaga erishgan, Demetriy I jangda halok boʻlgan. Demetriy I ning vorislari Hind vodiysidagi hokimiyatni oʻz qoʻllarida saqlab qolgan. 2 ta mustaqil hokimiyat: Yunon-Baqtriya va YunonHind podsholigi vujudga kelgan. Mil. av. 162-y. da Ye. Parapamisadga bostirib kirib Demetriy I ning vorislaridan Panjobni tortib olgan. Ammo, uning hujumi Hind vohasidagi Yunon-Hind podsholigining shohi Menandr tomonidan toʻxtatilgan. Ye. Hindistondan qaytayotganida oʻgʻli va taxtdoshi Geliokl tomonidan oʻldirilgan. Yevkradit zarb etgan tangalar arxeologlar tomonidan Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston hududidan koʻplab topilgan (yana q. Yunon-Baqtriya podsholigi).


Lotin alifbosida maqola: YEVKRADIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
HARBIY SANʼAT
YUNONISTON
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты