XOK XAZINASI

XOK XAZINASI — hoz. Namangan viloyati Xok qishlogʻidan 1894-y. da topilgan metall buyumlar (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi). Jami 6 ta buyumdan iborat boʻlib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular: koʻza, pichoq boʻlagi, 3 ta toʻgʻnogʻich (bittasi kumushdan yasalgan), iskana boʻlagi. Toʻgʻnogʻichlar juda mayda ishlangan boʻlib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sogʻayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Fargʻona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. Xok xazinasi SanktPeterburgdagi Davlat ermitajining Sharq boʻlimida saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: XOK XAZINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
NAMANGAN VILOYATI
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
Yulduz Usmonova - Ayol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты