XOKKAYDO

XOKKAYDO — Yaponiyaning shim. qismidagi orol, kattaligi boʻyicha 2oʻrinda (Xonsyu o. dan keyin). Tinch okean va uning Yapon va Oxota dengizlari oʻrab turadi. Mayd. 77,7 ming km2 (atrofidagi orollar bilan 78,5 ming km2). X. murakkab shaklga ega. Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 2290 m (Asaxi choʻqqisi). Harakatdagi vulkanlar bor. Teztez kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Toshkoʻmir, oltingugurt, temir rudasi konlari bor. Iqlimi moʻtadil, mussonli iklim. Yanv. ning oʻrtacha trasi —3° dan Ggacha, iyulniki 17—21°. Yillik yogʻin 800—1500 mm. Kuzda tayfunlar boʻladi. Daryolari sersuv, gidroenergiyaga boy. X. maydonining 60% oʻrmon. Yirik shaharlari — Sapporo, Xakodate. Xoʻjaligi haqida Yaponiya maqolasiga q.


Lotin alifbosida maqola: XOKKAYDO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
OKEAN
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты