YEVPATORIYA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1784-y. dan), Qora dengizdagi port. Simferopoldan 64 km shim.-gʻarbda. T. y. stansiyasi. Aholisi 110 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneobalchiq (asosan bolalar) kurorti. Oziq-ovqat (sut, baliq va b.) sanoat korxonalari, mexanika z-di bor. Hoz. Yevpatoriya oʻrnida mil. av. 6—2-a. larda yunonlarning Karkinitid koloniyasi boʻlgan, soʻngra uni skiflar egallab olgan. 16— 17-a. larda turklarning Gezlov qalʼasi. Rossiya Qrimni bosib olgach, Gezlov 1784-y. dan Yevpatoriya deb ataldi. Jome masjidi (1552, Xoja Sinon) saqlangan.