YEVRIPID

YEVRIPID, Evripid (Euripides) , (taxm. mil. av. 480, Afina — mil. av. 406, Makedoniya) — yunon shoiri, dramaturg. Ijodini sheʼriyatdan boshlagan. Afinalik uch bukj fojianavis (Esxil, Sofokl)ning soʻnggisi. Jami 92 pyesa yozgan, shundan 17 fojia va bir hajviy dramasi bizgacha yetib kelgan («Kiklop»). Ular mifologik syujet asosida yaratilgan boʻlsada, inson shaxsi asosiy oʻrinda turadi. Yevripid ijodi Afina davlat-shahar sifatida tanazzulga uchragan va axloqiy meʼyorlar inqirozi yuz bergan yillarda shakllangan boʻlib, mifologiya, axloqiy va anʼanaviy tartiblarga tanqidiy munosabati bilan ajralib turadi. U dramatik voqealar tasvirida koʻpincha falsafiy munozara yoki sud muzokaralari ohan-giga xos mulohaza yuritganki, bunda oʻta ratsionalizm ruhiy holatlarning chuqur tasviri bilan qoʻshilib ketadi («Vakxanka», «Gerakl»). Ye. dramaturgiyasining obyektiv mazmuni Afina demokratiyasi dunyokarashi anʼanalariga keskin ziddir. Afinada oʻsha davrda yuz bergan ijtimoiy oʻzgarishlar Yevripidning inson shaxsiyati, uning ichki dunyosiga qiziqishi kuchayishiga olib keldi. Yevripid asarlarida maishiy unsurlar tasviriga zoʻr berish, kishilarning shaxsiy takdiriga qiziqish kabi antik fojiaga xos boʻlmagan xususiyatlar mavjud («Medeya», «Ippolit»). Ye. ijodi Yevropa dramaturgiyasiga samarali taʼsir koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: YEVRIPID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
XITOY
TOSHKENT
XALQ IJODI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты