YEVROPA (yun. Europe, osuriy tilida «ereb» — gʻarb) — qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Mayd. 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shim. yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan. Shim. dan Shimoliy Muz okeani va uning dengizlari (Kara, Barens, Oq, Norvegiya) b-n, gʻarb va jan. dan Atlantika okeani va uning dengizlari (Boltiq, Shimoliy, Oʻrta, Marmar, Kora va Azov) bilan chegaralangan. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shim. da — Nordkin burni (7R08ʻ sh. k.), jan. da — Marroki burni (36°00ʻ sh. k.), gʻarbda — Roka burni (9°34ʻ gʻ. u.), sharkda — Kutbiy Ural togʻining sharqiy etagi (67°20ʻ shq. u.). Ye. hududining 25% ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari: Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Krim yarim orollari. Yevropaga karashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari: Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Shpisbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya, Krit. Ye. qirgʻoq chizigʻining umumiy uz. 38 ming km. Qirgʻoklari kuchli yemirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruklik ichkarisiga kirib borgan.
Tabiati. Relyefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi togʻlardan iborat. Yevropa oʻrtacha (300 m chamasi) va maksimal (4807 m, Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisi) balandligi jihatdan boshqa qitʼalardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Baʼzi r-nlari (Kaspiy boʻyi pasttekisligi — 28 m, Shim. va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan past. Yevropa relyefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi toʻlqinsimon, tepalik koʻp, oʻrtacha bal. 170 m. Baʼzi joylari 200 m va undan ham balandroq boʻlib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning gʻarbiy eng chekka nuqtasi.
Oʻrta Rus, Volga boʻyi, Dnepr boʻyi, Volin, Podolsk va b. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Oʻrta Yevropa tekisligiga oʻtib boradi. Gʻarbiy Yevropaning katta qismi togʻlardan iborat. Jan. da yosh burmali togʻlar koʻtarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, StaraPlanina togʻlari, Dinara yassitogʻpigi. Yevropaning oʻrta qismi qad. togʻlar — Sevenna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b. lardan iborat. Qad. togʻlarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya togʻlari va Uralni kiritadilar. Yevropa relyefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Koʻp joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya o. lari, Alp va Karpat togʻlari boʻlgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 km ga yetgan.
Geologik tuzilishi. Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan toʻrt qismga boʻlinadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi strukturalari; gersin burmalanishi strukturalari (Angliya janubi, Fransiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropa dagi Alp burmalanishi strukturalari.
Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola ya. o.), Ukraina qalqoni (Dneprning oʻng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan krya-jida yer yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan bulib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklari bilan krplangan. Kaspiy buyi (8—10 km), Dnepr-Donesk (4—5 km), Moskva (2—3 km), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin togʻ jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya togʻlari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub choʻkindi va vulkan jinslaridan tarkib topgan.
Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil boʻlib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan chukindi, vulkan va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning gʻarbi, Portugaliya, Bretan ya. o., Markaziy Fransiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, Slanesli Reyn, Gars togʻlari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi.
Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub chukindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va Bet togʻlari kiradi. Neogen boshida koʻtarilgan togʻ tizmalari etagida Akvitaniya, Shveysariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiklari, Vena, Vengriya botiklari kabi toglararo botiklar paydo boʻlgan hamda ular neogen-toʻrtlamchi davrlar yotqiziklari bilan toʻlgan. Neogen yotki-zikdari mavjud Qora va Oʻrta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil boʻlgan. Neogenda chuqur siniklar paydo boʻlishi bilan Karpat togʻlarida, Reyn daryosi buyida va b. joylarda vulkanlar otilgan. Keyingi davrda vulkan otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va b.) da-vom etmoqda. Togʻ tizmalarining kutarilishi va pastliklarning choʻkishi Yer poʻstining eng yangi harakatlaridan daolat beradi.
Foydali qazilmalari. Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotqiziqlari orasidan (Volga-Ural, Kaspiy boʻyi, Dnepr-Donesk, Polsha, GFR, Niderlandiya, Buyuk Britaniya hamda Shim. dengiz tubi va b. joylardan); Alp togʻlari etagi va tog oraligʻidagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va b.) neft neogen yotqiziqlari orasidan topilgan. Toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirning katta konlari (Don, LvovVolin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qurgʻoshin, kumush konlari asosan gersinid mintaqasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy buyi va Ural oldida hamda perm yotqiziklari orasida uchraydi. Apatitnefelin rudalarining yirik konlari Kola ya. o. da, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan.
Iqlimi. Yevropaning aksariyat qismi oʻrtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada arktika, subarktika, muʼtadil va subtropik mintakalar ikdim tiplari bor. Yevropa ningarktika mintaqasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qisqa (iyulning urtacha t-rasi 5° dan past). Subarktika mintakasida (Islandiya, Fennoskandiya, Shim. va Sharqiy Yevropa tekisligida) yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda oʻrtacha t-ra 10—12°. Qish gʻarbiy r-nlarda yumshoq, sharkda sovuq; yogʻin 400—1000 mm, bugʻlanish yogʻinga nisbatan kam. Moʻtadil mintaqaning (Ye. ning Oʻrta dengiz buyi va Qrimning jan. dan boshqa qismi) shim. da iqlim sovuq, jan. da iliq, gʻar-bida dengiz iqlimi, sharqida esa moʻtadil kontinental, qish sovuq, yoz shim. da salqin, markazida iliq, jan. da issiq. Subtropik mintakada iklim Urta dengiz tipli, qish iliq, seryomgʻir (yanv. ning urtacha t-rasi 4 — 12°), yoz issiq va quruq.
Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shim.-sharqida Pechora daryosi xavzasida buladi (bu yerda eng past t-ra —52° qayd qilingan). Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning jan. da qor bir oy, shim. da 7—9 oy erimaydi. Iyulda urtacha t-ra Yevropada Urta dengiz atrofida (28—30°) va Kaspiy dengizi buyida (24—26°) eng yuqori, Arktika o. larida eng past (2— 4°) buladi. Eng yuqori t-ra (48°) Pirenei ya. o. ning jan. da kuzatilgan.
Yevropada yillik yogʻin miqdori gʻarbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin r-nlarda yiliga 1000— 2000 mm yogʻin yogʻadi. Sharqiy Yevropada yillik yogʻin miqdori 300—500 mm, Kaspiy dengizi buyida 200 mm va undan kam, Arktika orollarida 300—400 mm. Yevropaning katta qismida yillik yogʻin miqdori bugʻlanishga nisbatan koʻproq.
Ichki suvlari. Oqib turadigan suvning hajmi (2850 km3) jihatidan Ye. Yer yuzida Jan. Amerikadan keyin 2-oʻrinda. Yevropada suv oqimi gʻarbdan sharqqa va shim. dan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shim. Muz okeani va ichki qavza — Kaspiy dengiziga mansub.
Yirik daryolari. Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uz. (3530 km), havzasining mayd. (1360 ming km2) va oʻrtacha yillik suv sarfi (8000 m/ sek) boʻyicha 1-oʻrinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shim. Dvina. Gʻarbiy Yevropa dagi eng katta daryolar: Dunay (uz. 2850 km, havzasining mayd. 817 ming km2), Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida qordan, qisman yomgʻirdan, Oʻrta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomgʻirdan, Alp togʻlarida qor, yomgʻir, qisman muzliklarning erishidan, Oʻrta dengiz boʻyidagi karst relyefli r-nlarda grunt suvlaridan toʻyinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi koʻplab suv omborlari va b. suv inshootlari qurilgan, ularning koʻpchiligi oʻzaro va koʻllar bilan kanallar orqali bogʻlangan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan.
Koʻllar. Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, toʻrtlamchi davrda muzlik bosgan yerlarda joylashgan. Tekisliklardagi koʻllar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; togʻ etagida joylashgan koʻllar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va b. Baland togʻ tepalarida «alp» koʻllari, Apennin ya. o. va Islandiyada vulkan koʻllari bor. Koʻllarning suvi chuchuk. Jan.-sharqdagi arid r-nlarda koʻl suvi shoʻr va juda minerallashgan (Elton, Bosqunchoq). Ye. ning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta koʻl — Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shim. va shim.-sharqida botqoqlik koʻp.
Muzliklari. Yevropa dagi muzliklarning umumiy mayd. 118 ming km2 dan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpisbergen (58 ming km2), Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Islandiyada va Skandinaviya togʻlarida.
Muzliklarning qalinligi 400 — 600 m, ayrim joylarda 1000 m gacha. Alp togʻlari, Uralning shim., Pirenei, Syerra-Nevada togʻlarida ham muzliklar bor.
Tuproqlari oʻz xususiyatiga koʻra 4 mintaqa (arktika, boreal, subboreal va subtropik) zonalariga boʻlingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga koʻra Gʻarbiy Yevropaning okean iklimli r-nlari Sharqiy Yevropaning kontinental iklimli r-nlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli oʻrmon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli, torfli botqoq tuproqlari va b. bor. Togʻli r-nlarda togʻtundra, chimli-podzollashgan, sur tusli oʻrmon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning moʻtadil kon-tinental r-nlarida qora va kashtan, qoʻngʻir chala chul tuproqlari, okean iklimli r-nlarda qoʻngʻir oʻrmon, chimli-karbonatli, togʻlarda podzollashgan, togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qoʻngʻir, qizil, sariq, boʻz-qoʻngʻir, Oʻrta dengiz atrofidagi togʻlarda togʻ qoʻngʻir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qoʻngʻir va sur tusli oʻrmon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda koʻproq foydalaniladi.
Oʻsimliklari. Floristik tarkibiga koʻra Yevropa oʻsimliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va Shim. Amerika oʻsimliklariga xos oila, turkum va turlar koʻp, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi oʻsimlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, choʻl, subtropik oʻsimliklari. Oʻrmon oʻsimliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va choʻl oʻsimliklari u qadar koʻp emas. Yevropa xududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular oʻrnini oʻzgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va togʻlarning landshafti va faunasi kam oʻzgargan. Oʻrta va Janubiy Yevropada keng bargli oʻrmonlar koʻplab qirqib yuborilgan. Tundrada yoʻsin va lishaynik, oʻt, butalar, jan. da daraxtlar oʻsadi. Tayga oʻsimliklari keng maydonda tarqalgan, jan. chegarasi 57— 58° sh. k. dan oʻtadi. Tayga zonasida igna bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash oʻrmonlar taygadan jan. da joylashgan va Skandinaviya jan. dan Uralgacha chuzilgan. Keng bargli urmonlarning jan. chegarasi Gʻarbiy Yevropada 40° sh. k. dan, Sharqiy Yevropada 53—54° sh. k. dan oʻtgan. Togʻ oraligʻidagi tekisliklar (Chexiya tekisligi, Oʻrta Dunay tekisligi)da utlokli dashtlar bor. Togʻ yon bagʻrilari (pastdan yuqoriga) keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli oʻrmonlardan jan. da oʻrmonli dasht va dasht zonasi boʻlib, bu yerlar asosiy dehqonchilik r-ni. Tabiiy oʻsimliklar faqat qoʻriqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala choʻl va choʻl zonalaridan koʻy boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik r-nlaridagi tekislik va togʻ etaklarida doim yashil kserofil oʻrmon va butazorlar bor. Oʻrta dengiz atrofidagi oʻrmonlar kesilib, oʻrni ekinzor, tokzor va sitrus oʻsimliklar plantatsiyalariga aylantirilgan.
Hayvonot dunyosi Golarktika zoogeografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar boʻyicha, asosan oʻsimlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bugʻusi, qutb tulkisi, boʻri, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpisbergenda mushkli qoʻchqorbuqa iklimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, sobol, tiyin va b., turli qush, hasharot koʻp. Aralash va keng bargli urmonlarda yovvoyi mushuk, asl bugʻu, toʻngʻiz, los va b. ; qoʻriqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyoʻgʻli va b. bor. Oʻrmon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan.
Sharqiy Yevropaning dasht va chala choʻl r-nlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, koʻshoyoq, suv kalamushi va b. xos. Kaspiy dengizi boʻyida saygʻoq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va b. koʻproq uchraydi. Oʻrta dengiz atrofida togʻ hayvonlari yashaydi. U yerda sudraluvchilar, suvda va kuruklikda yashovchilar koʻp. Sut emizuvchilardan bezoar va alp echkilari, yovvoyi qoʻy, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zagʻizgʻon, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan — baqa, qurbaqa, salamandra, triton bor.
Geografik tadqiqotlar tarixi. Yevropa qitʼasining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular mil. av. 16-a. dan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes ya. o. da yashovchi axeylar mil. av. 15—13a. larda Pind va Olimp togʻlarini, Xalqidiya ya. o., Shim. Sporada, Lemnos va Ioni o. larini kashf qildilar. Mil. av. 9-a. da finikiyalik dengizchilar Apennin ya. o., Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear o. lari, Pirenei ya. o. sohillariga suzib boradilar. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib boʻldilar. Mil. av. 320-y. gacha yunonistonlik Pifey Yevropaning gʻarbiy sohillarini — Biskay qoʻltigʻidan Shim. dengizgacha oʻrgandi. Mil. av. 4-a. gacha yunonlar Bolqon va Apennin togʻlari orqali oʻtib, Sharqiy Alp togʻlarigacha borganlar. Mil. av. 58—51 y. larda Yuliy Sezar legionlari Fransiyaning koʻp daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha boʻlgan joylarni oʻrgandilar. Mil. av. 35 — mil. 9 y. da Oktavian Avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz o. lari bilan tanishdilar. 43—84 y. larda rimliklar Uels ya. o., Men va Anglsi o. lari, Pennin togʻlarigacha bordilar. 8-a. da irlandlar Farer o. lari va Islandiyaga birinchi boʻlib bordilar. 9-a. da bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola ya. o. larini shim. dan aylanib, Ok, dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qoʻltiklarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va Gʻarbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8—9-a. larda arablar butun Janubiy Yevropa, 711—718-y. larda oʻzlari bosib olgan Pirenei ya. o. bilan jan.-sharq va sharkda Emba va Yoyiq (Ural) daryolari hamda Volga boʻyining unga Kama daryosi quyilishigacha boʻlgan joylarini oʻrgandilar.
Sharqiy Yevropaning qolgan hamma r-nlari va butun Shimoliy Yevropani Boltik, dengizi qoʻltiklari va Oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15—16-a. larda rus dengizchi sayyohlari Shimoliy Yevropaning butun qirgʻoqlari boʻylab suzib, Kanin ya. o., Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpisbergen o. larini oʻrgandilar. 16-a. 2-yarmida rus yer oʻlchovchilari Sharqiy Yevropa dagi dare, yirik koʻllar, orol hamda yarim orollarni tadqiqqilib, xaritaga tushirdilar. 18-a. da rus sayyohlari Ural togʻlari, Yalpi Sirt, Kaspiy boʻyi pasttekisligi, Kumamanich botigʻi, Valday qirlari va b. joylarni oʻrgandilar.
Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13—15-a. larda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq qilib xaritaga tushirdilar. 18-a. oxirlarida fransuz, italyan, polyak va b. olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara togʻlari, Markaziy Fransiya massivini oʻrganishni davom ettirdilar. 19-a. da geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya toglarining tuzilishini, Buyuk Britaniya o. ning relyef xususiyatlarini aniqladilar. Aholisi 2000-y. ga kelib 725,5 mln. kishi ga yetdi.
Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub boʻlib, bir necha kichik irqlarga boʻlinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida oʻrta yevropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), Kora dengizning shim., gʻarbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz irqiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gretsiya janubi, Oʻrta dengiz orollarida hind-oʻrta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va b. hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor.
Etnik tarkibi. Yevropa xalqlari tillarining koʻpchiligi hind-yevropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. Ruslar, ukrainlar, beloruslar — sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar — gʻarbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar jan. slavyanlarni tashkil etadi. Shim. va Markaziy Yevropada german tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — nemislar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar, lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va b. yashaydi, Jan.-Gʻarbiy Yevropa aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — italyanlar, fransuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va b. dan iborat.
Jan.-Sharqiy Yevropa dagi hind-oriylar guruhiga mansub loʻlilarning koʻpchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yahudiylar (rasmiy tili — idish, ivrit tili) mahalliy tilda soʻzlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-yevropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini ural-oltoy xalqlari tillarida soʻzlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va b. ugor-fin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauzlar va b. turkiy tillarda gaplashadi.
Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim (pravoslaviye va katolitsizm)ga boʻlinadi; shuningdek, 16—17-a. lardagi reformatsiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va b. diniy oqimlar bor. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslaviye, Jan.-Gʻarbiy Yevropa aholisi oʻrtasida katolitsizm keng yoyilgan. Yevropa dagi turkiy xalqlar, albanlar, loʻlilarning koʻpchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi islom diniga, yahudiylar iudaizmga eʼtiqod qiladi.
Siyosiy boʻlinishi. Yevropaning hoz. siyosiy xaritasi 1990-y. lardagi siyosiy oʻzgarishlardan soʻng yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan shoʻrolar ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga boʻlinishi natijasida bir kancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi.