YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI

YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI (European Monetary Cooperation Fund) — Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972 i. Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi bitimni amaliyotga joriy etish maqsadida 1973-y. da tuzilgan. Fond Xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida intervensiyalar tufayli yuzaga keladigan oʻzaro debet va kredit operatsiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari fond Ittifoq doirasida ishtirokchi mamlakatlar toʻlov balanslarida yuzaga keladigan vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengillatish imkoniyatini beruvchi qisqa muddatli kreditlar tizimini boshqaradi. Fond Yevropa valyuta tizimi doirasida xam shunday vazifalarni bajarib kelmoqda.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
XALQARO VALYUTA FONDI, XVF
TOSHKENT
KREDIT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты