YEVROPA JANUBIY RASADXONASI

YEVROPA JANUBIY RASADXONASI (YEJR) — Yevropa xalqaro astronomiya i. t. tashkiloti. 1962-y. da 8 davlat — Belgiya, Daniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Shvetsiya va Shveysariya hamkorlikda tashkil etgan. Qarorgohi Germaniyaning Garshing sh. da joylashgan. Zamonaviy teleskoplarni oʻrnatish uchun dunyo boʻylab astroiklimni oʻrganish natijasida Chilidagi La Silla togʻida (2440 m) joy topilib, u yerga YEJR teleskoplari oʻrnatilgan. La Sillaga oʻrnatilgan eng zamonaviy 14 ta teleskop ichida koʻzgusining diametri 3,6 m boʻlgan teleskop ham bor. Bu yerdagi koʻpgina teleskoplar kosmik yoʻldosh aloqasi orqali Germaniyadan turib boshqariladi. Izlanishlar natijasida Chilida yana bir joy Paranal togida (2660 m) topildi. Bu yerga 1990-y. dan boshlab koʻzgusining diametri 8,2 m boʻlgan 4 ta teleskop oʻrnatilayapti. Loyihaga muvofiq bu teleskoplarda toʻplangan yorugʻlik bir nuqtaga yigʻiladi, oʻshanda bu sistema yorugʻlik kuchi jihatdan 16 m diametrli koʻzguning kuchini, ajrata olish qobiliyati boʻyicha esa 200 mli teleskop kuchini beradi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA JANUBIY RASADXONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
GERMANIYA
TOSHKENT
DANIYA


Добавить комментарий