YEVROPA KENGASHI

YEVROPA KENGASHI (YEK) – Yevropa davlatlarining har tomonlama hamkorlik qilishiga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. 1949-y. taʼsis etilgan. YEK ning maqsadi: aʼzo mamlakatlar oʻrtasida yaqin aloqalarni taʼminlash; Yevropaning demokratik va xavfsiz makonga aylanishiga, plyuralistik demokratiyani va inson huquqlarini mustahkamlashga, yevropacha oʻzini oʻzi anglash va madaniy bir xillikni rivojlantirishga yordam berish. Yevropadagi 40 dan ortiq davlat aʼzo hisoblanadi. YEKga aʼzo boʻlib kirishni istagan davlat muayyan talablarga javob berishi kerak: uning davlat muassasalari va huquqiy tuzilishi demokratiyaning asosiy prinsiplariga, inson hukuklariga rioya etilishiga muvofiq boʻlishi lozim, xalq vakillari esa erkin, teng va umumiy saylovlar yoʻli bilan saylanishi kerak. YEKga qabul qilishda, jumladan, fikrni ifodalash erkinligi boʻlishi, milliy ozchiliklar himoyalanishi, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etilishi mezon hisoblanadi. YEK aʼzosi inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasining qatnashchisi boʻlishi shart. organidir. U aʼzo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlaridan tashkil topadi va qabul qiladi, turli hukumatlararo ixtisoslashgan qoʻmitalar, tarmoq vazirlar kengashlari takliflari boʻyicha qarorlar chiqaradi, YEK byudjetini qabul qiladi va inson huquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi aʼzolarini tayinlaydi. Odatda, yiliga 2-marta vazirlar darajasida yigʻilish oʻtkazadi. Parlament assambleyasi milliy parlamentlar deputatlaridan tashkil topgan deputatlar va ularning oʻrinbosarlaridan iborat. Assambleya kun tartibida turgan masalalarni muhokama qiladi, tavsiyalar ishlab chiqadi, konferensiya, kollokvium va ochiq parlament majlislarini tashkil qiladi. Bosh kotibni va uning oʻrinbosarini, inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi sudyalarini saylaydi. Kotibiyatni 5 i. muddatga saylanadigan Bosh kotib boshqaradi. YEK organlari Strasbur sh. da (Fransiya) joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA KENGASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты