XOLID ibn VALID

XOLID ibn VALID, Xolid ibn alValid (? — 642) — qurayshiylardan boʻlgan islom sarkardasi. Dastlab Muhammad (sav)ning ashaddiy raqiblaridan boʻlib, ayniqsa, musulmonlar jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz tugagan Uhud jangida alohida xizmat koʻrsatgan. Biroq, Rasululloh s. a. v. ning qarindoshlari boʻlgan Maymunaga uylanganlaridan soʻng, islomni qabul qilib musulmonlarning eng jasur sarkardalaridan biriga aylangan. Suriya (Shom)dagi Muʼta jangidan soʻng u «Sayfulloh» («Allohning qilichi») faxriy nomini olgan. Paygʻambar vafotlaridan keyin soxta paygʻambar Musaylima izdoshlarini shafqatsiz jazolagan, 633-y. Qodisiya jangida forslarni yenggan, 635-y. Damashqni egallagan, 636-y. Vizantiya imperatori Xerakliy (Irakliy) qoʻshinlarini Yarmuk jangida yengib, Falastin va Suriya (Shom)ni zabt qilgan. Xums sh. da vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: XOLID ibn VALID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
VIZANTIYA
FALASTIN
MUHAMMAD
TOSHKENT


Добавить комментарий