YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI

YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-y. da 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-y. dan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. YETTB bozor iktisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; i. ch., xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va h. k.)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, i. ch. sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60% xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40% infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-y. da bank tomonidan Yevropa Ittifoqi b-n hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 1992-y. boshida YETTBga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent sh. da uning vakolatxonasi ochildi. 1993-y. dan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-y. 10 yanv. da YETTBning Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi yetti yunalishda faoliyat yuritadi. YETTB Fargʻona neftni qayta ishlash z-dini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika i. ch. quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfeizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi.

Hoz. vaqtda Oʻzbekistonda YETTB ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSH dollariga teng). Xususan, YETTB tomonidan Oʻzbekistonda urta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSH dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AKSH dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan (2001).

Ashur Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты