YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) – davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-y. 3—7-iyulda Xelsinki sh. da kengashning 1 – bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashki ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-y. 18 sent. dan 1975-y. 21-iyuligacha Jeneva sh. da 2-bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-y. 30-iyuldan 1 avg. gacha Xelsinki sh. da 3-bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari boʻlgan. Pirovardida Yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni taʼminlashning muqim omiliga aylangan. Kengashning Madrid kon-ferensiyasi (1991-y. apr.)da YEXHT Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991-y. iyulda taʼsis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, «sovuq urush»ning tugashi natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar kengashning tashkilot sifatida toʻliq shakllanishiga olib keldi. YEXHTga 54 davlat aʼzo (2002-y. yanv.). Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari 2 yilda bir marta oliy darajada uchrashuv oʻtkazadilar. YEXHTning Istanbul sh. da boʻlgan sammitida (1999-y. 18—19 noyab.) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning 21-a. dagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi — Boshqaruvchi kengash har yili 3-marta Praga sh. da yigʻiladi, bir marta iqtisodiy forum oʻtkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada 1-marta boʻladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik boʻyicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har qaftada oʻtadi. YEXHT qarorgohi Vena sh. da.

Oʻzbekiston 1992-y. 30 yanv. da YEXHTga qabul qilindi. Bu bilan Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSH, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yoʻl ochildi. YEXHTning koʻplab tadbirlari orqali Oʻzbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon ham-jamiyati eʼtiboriga havola qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. Karimov y. dek.) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarogʻ yetkazib berishni toʻxtatish, Istanbul sammitida (1999-y. noyab.) terrorizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. Oʻzbekiston YEXHT rahnamoligidagi koʻplab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda b-n aloqalar boʻyicha byurosi ish olib boradi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты