XOLIQIY

XOLIQIY Muhammadjon (1890, Qoʻqon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — maʼrifatparvar pedagog. Qoʻqon va Buxoro madrasalarvda oʻqigan. 1910-y. oʻz uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni oʻqitgan; shoir Charxiy shu maktabda oʻqigan. 1917-y. Koʻqondagi «Taʼlimi maorif» («Maorif tarqatish») jadidlar tashkilotida sarkotib boʻlgan. 1917—26 y. larda Qoʻqondagi dorilmuallimin (1920-y. dan taʼlimtarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dare bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akad. lar T. Zohidov, J. Saidov oʻqigan. Ayni paytda 1918—28 y. larda Qoʻqondagi 11maktabda oʻqituvchi. 1929—30 y. larda va 1937-y. dan millatchilikda ayblanib, hibsda boʻlgan. Turmada vafot etgan. 1913-y. dan jadid matbuotida ilmmaʼrifatga doir maqolalarini eʼlon qilgan. «Turkiy alifbo» darsligi (1916), «Jumhuriyat nima?» (1917) risolasi muallifi.


Lotin alifbosida maqola: XOLIQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JADIDCHILIK
ABDULLA QAHHOR
ABDULLA QODIRIY
ALISHER NAVOIY
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты