YEVROPIY

YEVROPIY (lot. Europa — Yevropa soʻzidan olingan, Europium) , Eu — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; lantanoidlarta kiradi; tartib raqami 63, at. m. 151,96. Ye. ni 1901-y. da fransuz olimi E. Demars kashf etgan. Ikkita barqaror izotop (|51 Yey — 47,82% va |53Ei — 52,18%)dan tashkil topgan. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 1,3-10 4% ini tashkil etadi. Nodir metallar bilan birga tabiiy minerallar — monatsit, loparit, bostnezit, oz mikdorda ksenotim, evksenit, gadolinit va apatitlar tarkibida uchraydi. Dengiz suvlari tarkibidagi mikdori 1,1-10 6 mg/l.

Yevropiy — oqish kulrang metall, suyumanish t-rasi 826°, qaynash t-rasi 1559°, zichligi 5,245 g/sm3. Oddiy sharoitda suv, mineral kislotalar b-n, qizdirilganda azot va vodorod bilan reaksiyaga kirishadi. Yevropiyning ikki oksidi maʼlum: Yey (P)-oksid YeiO — qizgʻishjigarrang, kubik panjarali kristall mod-da. Suyuqlanish t-rasi 1980°. 1000° da Yei2O, ga Yey taʼsir ettirib, Yey ni oksidlab, vakuumda (YeiON)2 ni parchalash usuli bilan olinadi. Yey (Sh)-ok-sid Yei2O3 — rangsiz kristall modda. Kubik va monoklin panjarali ikki modifikatsiyasi bor. Ye3+ tuzlari (oksalat, sulfat, nitrat va b.)ni 800—1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Yadro reaksiyalari uchun keramik himoya qoplamlari tayyorlashda qoʻllaniladi. Metall holdagi Ye. Yei2O, ni 1200° da vakuumda lantan yoki argon muhitida uglerod bilan qaytarib, shuningdek, YeiS13 eritmasini elektroliz qilib olinadi. Yevropiy yadro texnikasida neytronlarni yutuvchi, qizil rangda shuʼlalanuvchi molenoforlar tayyorlashda faollashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Sunʼiy radioaktiv izotoplari: radioaktiv l52Eu (yarim yemirilish davri T ʻ/, 12,7 y.) kimyoviy tadqiqotlarda indikator, l54Eu (T ʻ/2 16 y.) va l55Eu (T ʻ/, 11,7 y.) — defektoskopiyada nurlanish manbai sifatida, |55Ei — tibbiyotda tashhis qoʻyishda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALSIY
MINERAL
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты