XOLMATOV

XOLMATOV Niyozali (1947.20.2, Qoʻrgʻontepa tumani) — miniatyurachi rassom, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalqustasi (2000). Moskva badiiy sanoat bilim yurtini tugatgan (miniatyura boʻyicha, 1973). X. ish faoliyatini Moskva badiiy gravyura korxonasining tajriba lab. da boshladi (1973— 80), 1980-y. dan «Usto» birlashmasi qoshidagi maktabda mutaxassislar tayyorlash bilan shugʻullanadi; Oʻzbekiston BA ning akad. kotibi (1998 — 99), Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn intida pedagog. X. bir nechta jamoat binolarini mahobatli asarlar bilan bezadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asari va b. badiiy asarlarga miniatyuralar turkumlarini yaratdi.

X. asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalar (Germaniya va b.)da namoyish etilgan, muzeylar va xususiy toʻplamlarda saklanadi.


Lotin alifbosida maqola: XOLMATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GERMANIYA
BEHZOD
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты