YEVROSIYO

YEVROSIYO — Yer sharidagi eng katta materik, ikki kitʼa — Yevropa va Osiyodan iborat. Yevrosiyo mayd. 54,9 mln. km2, shundan 2,75 mln. km2 orollar. Materikning uz. (gʻarbdan sharkka) 16 ming km, eni (shim. dan jan. ga) 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi engchekka nuqtalari: shim. da — Chelyuskin burni (77°43ʻ sh. k.), jan. da — Piay burni (G16ʻ sh. k.), gʻarbda — Roka burni (9°34ʻ gʻ. u.), sharkda — Dejnev burni (169°40ʻ g. u.). Ye. ga Yer sharidagi quruklikning 36,6% toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74% yashaydi. Aholisi 4396 mln. kishi (1999). Yevrosiyoning jan.-sharqidagi bir qancha orollar Jan. yarim sharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika, shim. dan Shimoliy Muz, jan. dan Hind, sharkdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo — eng qad. madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi «Buyuk Ipak yoʻli»ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va b. tabiiytarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom — Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. «Yevrosiyo» tushunchasi geol. va geogr. fanlariga 1883-y. da E. Zyuss tomonidan kiritildi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROSIYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SHIMOLIY AMERIKA
OSIYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты