XOLMIRZAYEV

XOLMIRZAYEV Shukur (1940.24.3, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalk, yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining jurnalistika f-tini tugattan (1963). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir (1963—67), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967—69), «Guliston» (1969— 75) va «Sharq yulduzi» (1978—80) jur. larida adabiy xodim, boʻlim mudiri.

Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958-y. dan nashr etila boshlagan. X. ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, «Oq otli» (1962), «Toʻlqinlar» (1963), «Un sakkizga kirmagan kim bor?» (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-y. lardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik «Olis yulduzlar ostida» (1971), «Hayot abadiy» (1974), «Ogʻir tosh koʻchsa…» (1980), «Yoʻllar, yoʻldoshlar» (1984), «Bodom qishda gulladi» (1986), «Togʻlarga qor tushdi» (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti X. ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. X. voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga «shafqatsiz realizm» unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X. 80—90-y. larda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.

X. «Soʻnggi bekat» (1976), «Qil koʻprik» (1984), «Yoʻlovchi» (1987), «Olaboʻji» (1992), «Dinozavr» (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. Xolmirzayevning «Soʻnggi bekat», «Yoʻlovchi» va «Olaboʻji» romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-y. larga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining «Dinozavr» romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi.

X. yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining «bosmachilik harakati» deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining «Qil koʻprik» romani va «Qora kamar» (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan «Qora kamar» spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Xolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan «Ziyofat» pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990).

X. soʻnggi yillarda Sh. Burhonov, B. Zokirov, R. Choriyev, Shuhrat, O. Yoqubov, Oʻ. Umarbekov, A. Oripov, M. Qoʻshjonov singari taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida esselar va adabiytanqidiy maqolalar yozdi.

X. — roman janrida bir qator asarlar yozgani va bu asarlar shu davr oʻzbek romannavisligi tarixida muayyan oʻringa ega boʻlishiga qaramay, avvalo hikoyanavis. U oʻz hikoyalarida A. Qodiriy, A. Qahhor kabi oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish bilan birga oʻzbek hikoyanavisligini rus va Yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi. Xolmirzayevning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining oʻziga xosligi, qahramonlar tilining rangbarangligi bilan ajralib turadi.

As: Saylanma [3j. li], 1—2j. lar, T., 200405.

Ad.: Karimov H., Shukur Xolmirzayev, T., 1999; Tavaldiyev G. N., Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodiy yoʻli, T., 2001; D o niyorova Sh., Ijodkor vauslub, T., 2004. Naim Karimov.


Lotin alifbosida maqola: XOLMIRZAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Yulduz Usmonova - Shukur
XITOY
ALISHER NAVOIY
ROSSIYA


Добавить комментарий