XOLMURODOV Asqar Gʻaniyevich

XOLMURODOV Asqar Gʻaniyevich (1939.10.5, Yakkabogʻ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1989), biol, fanlari dri (1976), prof. (1980). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina FA Biokimyo intida a. spirant (1961— 64), kichik va katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi (1965 — 86), Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya inti direktori (1986-y. dan), Oʻzbekiston FA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988—90), vitseprezidenti (1990-y. dan). Ilmiy ishlari hayvon organizmi hujayralarida vitaminlar va kofermentlar almashinuviga oid. «Kornik» deb ataladigan biologik preparatni kashf etgan. X. birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (1995 — 1997).

As: Eksperimentalnaya vitaminologiya (v soavtorstve), Minsk, 1979; Membrannыy transport kofermentnыx vitaminov i kofermentov (v soavtorstve), Kiyev, 1982.


Lotin alifbosida maqola: XOLMURODOV Asqar Gʻaniyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты