YEVSTAXIY NAYI

YEVSTAXIY NAYI — quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda yutqunni oʻrta quloq boʻshligʻiga tutashtiradigan kanal. 1563-y. da italyan olimi B. Yevstaxiy (1510—74) tasvir etgan. Oʻrta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi. Yevstaxiy nayi jabra yorigʻining rudimentidan kelib chiqqan. Timsoqlarda oʻzaro tutashuvchi kanallarning murakkab sistemasini hosil qiladi. Ilonlarda oʻrta quloq reduksiyalangani uchun Yevstaxiy nayi yoʻq.

Odam da oʻrta quloq boʻshligʻi bilan yutqinning burun qismi oraligʻida joylashgan eshituv nayi (q. Eshitish aʼzolari), uz. oʻrta yoshdagi odamlarda 30—40 mm, suyak va togʻaydan tuzilgan. Suyak qismi (10—15 mm) chakka suyagi tarkibida boʻlsa, togʻay (2/3) qismi 20 — 25 mm boʻlib, yutqin tomonda joylashgan. Nayning bir uchi kengayib oʻrta quloqqa ochilsa, ikkinchi uchi kengayib yutqinga ochiladi. Nay yutqin orqali oʻrta quloq boʻshligʻini tashqi muhit bilan bogʻlab turadi. U oʻrta quloq boʻshligʻidagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saklaydi va tovush toʻlqinlarining normal oʻtishini taʼminlaydi. Nay shilliq qavati yalligʻlanib, teshigi berkilib qolsa, odam eshitish qobiliyatini yoʻqotadi. Shu sababli samolyotda havoga koʻtarilish, zambarak otish, kuchli yer portlashlarida ogʻizni ochib turish tavsiya etiladi. Aks holda tashqaridan kuchli havo toʻlqini nogʻora pardaga (oʻrta quloq boʻshligʻini chegaralab turadi) taʼsir etib pardani yirtishi mumkin. Yuqori nafas yoʻllari kasalliklari (shamollash, angina, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi) yevstaxiitga (Ye. n. ning yalligʻlanishi) sabab boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVSTAXIY NAYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QULOQ
BURUN
YER
ODAM
KALLA SUYAGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты