YEVTUSHENKO Yevgeniy Aleksandrovich

YEVTUSHENKO Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami «Kelajak razvedkachilari» (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab axloqiy va tarixiy masalalarni («Stalin vorislari», «Babiy Yar» sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. «Uchinchi qor» (1955), «Tashabbuskorlar koʻchasi» (1956), «Nazokat» (1962), «Bratsk GESi» (1965), «Aloqa qayigʻi» (1966), «Oppoq qor yogʻyapti» (1969), «Qozon dorilfununi» (1970), «Ishqiy lirika» (1973), «Ertalabki xalq» (1978), «Fuku» (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. «Mevali joylar» (1981) romani axloqiy mavzuda. «Isteʼdod — betakror moʻjiza» (1983) maqolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. «Bolalar bogʻchasi» (1984), «Stalinning dafn etilishi» (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning «Oq qorlar» sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingan (1982).


Lotin alifbosida maqola: YEVTUSHENKO Yevgeniy Aleksandrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты