XOLBEYN

XOLBEYN, Golbeyn (Holbein) Xans Kichkina (taxm. 1497/98, Augsburg — 1543-y. ning 7.10 yoki 29.11, London) — nemis rassomi va grafigi; Uygʻonish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans X. Kattadan taʼlim olgan. 1515— 26 y. lar Bazelda, 1526—32 y. lar Angliyada ishlagan, 1536-y. dan kirol Genrix VIII saroyida rassom. X. sanʼati ingliz va Gʻarb. Yevropa portreti rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bazelda diniy mavzularda asarlar yaratgan («Jonsiz Iso», 1521 va b.), insonparvarlarning ichki qadriyati va maʼnaviy qudratini ifodalovchi portretlar («Erazm Rotterdamskiy», 1523, Luvr va b.), portret rasmlar, illyustratsiyalar (Erazm Rotterdamskiyning «Tentaklik maktovi» asariga, 1515 va b.) ishlagan, jamoat binolarini bezagan. «Oʻlim qiyofalari» (1524—26, «Oʻlim raqslari» nomi bilan mashhur) turkum rasmlarida Buyuk xoch urushi voqealarini majoziy shaklda aks ettirgan. Ingliz insonparvarlari bilan ishlagan davrda psixologik oʻtkir va anik, rangtasvir («Astronom Nikolos Kratser», 1528, Luvr va b.) va grafika («Tomas Mor», qalam, kumir, sangina, 1527, Vindzor qasrida va b.) portretlari yuzaga keldi. X. zamondoshlarining oʻziga xos xususiyatlarini sinchiklab kuzatadi hamda ularning kiyofalarini aniq tasvirlaydi: savdogar G. Gisse (1532, BerlinDalem kartinalar galereyasida), fransuz elchisi Sh. Morstt (taxm. 1534 35, Drezden kartinalar galereyasida), ingliz kirolichasi Jeyn Seymur (1536 — 37, Vena sanʼat tarixi muzeyida) kabilarning mashhur portretlari shular jumlasidan; «Temirsaroy» (1541—43, London) va b. devoriy rasmlarni ishladi.

X. ijodi jahon portret va Uygʻonish davri badiiy madaniyatining choʻqqisidir.


Lotin alifbosida maqola: XOLBEYN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
UYGʻONISH DAVRI
PORTRET
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты