YEKATERINA II

YEKATERINA II Alekseyevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Serbstskaya. 1744-y. da Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseyevna nomini qabul qilgan. 1745-y. da Pyotr III ga nikohlangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-y. 28 iyun). Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va uzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashki siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-y. gi gubernya islohoti, 1785-y. da dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va b. tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shim. Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va b. fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiyommabop maqolalar muallifi.


Lotin alifbosida maqola: YEKATERINA II haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
KUBA
TURKIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты