XOMTOK

XOMTOK — Tokni parvarish qilish usullaridan biri; kuzgi va bahorgi tok kesishning davomi. X. qilingan tok havo, yorugʻlik va quyosh nuridan toʻla foydalanadi, kasallikka kam chalinadi; novda va mevalari yaxshi rivojlanadi, pishib yetiladi, hosil koʻpayadi.

Tok, asosan, 2-marta X. qilinadi. Birinchi X. tok shoʻra chiqarib, hosilli va hosilsiz novdalar farklana boshlagandan gullagunga qadar («shoʻra xomtok»), ikkinchi X. tok gullab, gʻoʻralar moshdek boʻlganda («gʻoʻra xomtok») qilinadi. Shoʻra xomtokda kundadan oʻsib chiqqan baquvvat novdalardan 3 — 4 tasi qoldirilib (ular qarigan zanglarni yoshartirishda foydalaniladi), qolganlari kesib tashlanadi, endigina gulga kirayotgan hosilli novdalarning uchini chilpish hosildorlikni va hosil sifatini oshiradi (novdalar vaqtinchalik oʻsishdan toʻxtab, oziq moddalar shoʻra va gullarning rivojlanishiga sarf boʻladi). «Gʻoʻra xomtok» da birinchi Xomtokdan qolgan hosilsiz, ortiqcha zich va nooʻrin oʻsgan, asosiy novdalar va shu yilgi novdaning qoʻltigʻidan oʻsib chiqqan bachki novdalar olib tashlanadi.

X. ni oʻtkazish tok navi, agrotexnika tadbirlari, obhavo va yer sharoitlariga bogʻliq. Kuchli oʻsuvchi tok navlari X. qilinganda ortikcha novdalar olinib, siyraklashtiriladi. Tok oʻrtacha oʻsib, hosil yaxshi boʻlsa, novdalari tarab bogʻlab qoʻyiladi. Suyet oʻsgan tokning barg va novdalari oz boʻlib, ularni ortiqcha siyraklashtirish hosilni oftobdan zararlanishga olib kelishi mumkin. Xomtokda barglarni koʻplab va palapartish yulib tashlash yaramaydi. Chunki, barg siyraklashea, hosilli novdalarga oziq moddalarning kelishi susayadi, yulingan barg qoʻltigʻidagi kurtak zararlanadi. Xomtokdan keyin qoddirilgan novdalar tezda nam chipta bilan bagʻazlarga bogʻlanadi, aks holda ular salgina shamolda ham sinib ketadi.

Jamoliddin Fayziyev.


Lotin alifbosida maqola: XOMTOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
CHILPISH
QUYOSH
YORUGʻLIK
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты