YEKATERINBURG

YEKATERINBURG (1924-91 y. larda Sverdlovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar. Muhim sanoat, madaniy va ilmiy markaz. Iset daryosi (Tobol irmogʻi)ning har ikki sohilida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 1272 ming kishi (1997). Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi («Uralmash», «Uralximmash», «Ural elektrotyajmash», «Turbomotor zavodi» va boshqa i. ch. birlashmalari, burgʻilash va metallurgiya sanoati uchun jihozlar, transport mashinasozligi, podshipnik z-dlari ishlab turibdi). Priborsozlik, elektrotexnika (kabel, transformatorlar va b.) sanoati korxonalari, aniq mexanika, optika, xolodilnik z-dlari bor. Kora metallurgiya (Verx-Iset metallurgiya z-di), kimyo (shina, plastmassa va b.), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, aeroport bor. Tosh kesish rivojlangan («Uralskiye samosveti» z-di). Metropoliten qurilmoqda (1991-y. dan). Rossiya FAning Ural boʻlimi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Ural un-ti), 5 teatr, oʻlkashunoslik, Ural yozuvchilari, tibbiyot tarixi muzeylari, suratlar galereyasi, P. P. Bajov, D. N. Mamin-Sibiryak, F. M. Reshetnikov va b. ning uymuzeylari mavjud. Yekaterinburgga 1723-y. metallurgiya z-di qurilishi mu-nosabati bilan asos solingan. 1918-y. iyulda Yekaterinburgda sobiq imperator Nikolay II oilasi bilan birga bolsheviklar tomonidan otib tashlangan.

Klassitsizm uslubidagi tarixiy yodgorlikdan Rastorguyev-Xaritonov qoʻrgʻoni (19-a. boshi), kon kanselyariyasi (18—19-a. lar), Verx-Iset z-dining idorasi va gospitali (19-a), Aleksandr Nevskiy sobori (19-a. ning 1-yarmi) saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YEKATERINBURG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
UKRAINA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты