XONABAZM

XONABAZM — oʻzbek xalq raqsining turi; bazmning uy ichida oʻtkaziluvchi shakli. Kichik davraga moʻljallangan boʻlib, koʻpincha yakka raqqos yoki. raqqosa sanʼatini namoyish etishga qaratilgan, qoʻl, yelka, koʻkrak, bel harakatlari, mimika vositalari, nigohlar, jilvalar keng ishlatiladigan raqslar turkumi X. (baʼzan «kichik oʻyin») deb ataladi. Ular orasida yalla, lapar va baytlar bilan ijro etiluvchi lirik, xarakterli, kulgili oʻyinlar koʻp uchragan. Hukmdorlarning qasrlarida uyushtiriladigan bazmlarda raqslardan tashqari kuy tinglangan, ashula aytilgan, sheʼrxonlik, badihagoʻylik boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan, koʻzbogʻlovchilar, nayrangbozlar tomosha bergan va h. k. 20-a. da X. raqslaridan baʼzilari qayta ishlanib, sahnaga olib chiqiddi. Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi etnografik ansamblda tiklanib, ijro etilgan «Oyijon», «Qorasoch ukam», «Olmacha anor», «Hiliyla yorim», «Chilvir soch» kabi laparoʻyinlar shular jumlasidan.

Ad.:Avdeyeva L. A., Oʻzbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001.

Muhsin Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: XONABAZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XALQ IJODI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qilichbek Madaliyev - Ukam
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий