XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich

XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich (1922.27.1, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari dri (1963), prof. (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Moskva xalqaro munosabatlar intini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi Marksizmleninizm inti (1953—59; 1971 — 1980), Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq inti (1959—63)da katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston FA falsafa kafedrasi mudiri (1964), Til va adabiyot inti direktori (1964—71), Falsafa va huquq inti direktori (1980—86), boʻlim mudiri (1995—98). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muxarriri (1986—88). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003).

Ilmiy faoliyati milliy va jahon tillari munosabatlari, milliy munosabatlar, maʼnaviyat, mafkura, madaniyat masalalariga bagʻishlangan. «Mehnat shuhrati» ordeni (2002), «Shuhrat» medali (1995) bilan mukofotlangan.

As: Mustakillik va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash, T., 1997; Internatsionalnoye vospitaniye molodyoji v usloviyax nezavisimosti, T., 1998; Mustaqillik va Oʻzbekistonda milliy munosabatlar, T., 2001; Razvitiye natsionalnыx otnosheniy v Uzbekistane, T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты