YELIK

YELIK (Capreolus capreolus) — kiyiklar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon, Yelik urugʻining yagona turi. Urgʻochisi tanasining uz. 140 sm gacha, boʻyi 90 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Erkaklari kichikroq, dumi kalta, 3, baʼzan 4 qisqa butoqli kichik shoxi bor. Yozgi juni juda kalta va silliq, orqasi sargʻish-malla, biqinlaridagi juni oqish. Koʻkragi, qorni va oyoklari sargʻish. Qishki juni uzun, orqasi qorniga nisbatan qoramtir, qoʻngʻir tusda tovlanadi. Sonida oq dogʻi bor. Yelik Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yozda oʻtloklar va togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Qishda togʻdan vodiylarga tushadi. Koʻpincha 2 ta, baʼzan Z ta bola tugʻadi. Yelik daraxt bargi va novdalari, rezavormevalar, yoʻsin hamda lishayniklar bilan oziqlanadi. Mazali goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 2 kenja turi: Yevropa Yelik (S. s. capreolus) va Sibir Ye. (S. s. pygargus) bor. Oʻzbekistonda faqat Toshkent viloyatining togʻli hududlarida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YELIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OSIYO
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
LISHAYNIKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты