XONANDALIK USLUBI

XONANDALIK USLUBI — vokal musiqa asarlarini ijro etish yoʻli. Xonanda ovozini chiqarish va ishlatish usullari, ovozning tuyey, kenglik koʻlami, kuchi, jarangdorligi va b. sifatlar bilan ajralib turadi. Yevropa professional vokal sanʼatida tovushni koʻkrakdan, tanglaydan chiqarish kabi usullar qoʻllaniladi (q. Belkanto). Oʻzbek va tojik anʼanaviy ashulachiligida binigi (dimogʻdan chiqariladigan ovoz), guligi (tomoqdan chiqariladigan ovoz), ishkami (koʻkrakqorin diafragmasi vositasida hosil qilinadigan ovoz) usullari mavjud. Asosiy Xonandalik uslubi lari: kuychan uslub, unda keng, ravon ohangdorlik — kantilena asosiy oʻrin egallaydi; deklamatsiya uslubi — nutq intonatsiyasiga yaqin (rechitativ); koloraturali uslub, unda kuylash oʻz xarakteriga koʻra kuyning sozdagi ijrosiga yaqin boʻladi va xonandalikning tekst bilan aloqasi bir oz yoʻqoladi (yana q. Xonanda ovozi, Musiqa ijrochiligi).


Lotin alifbosida maqola: XONANDALIK USLUBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
TOJIKISTON
XALQ IJODI
FRANSIYA
XONANDA OVOZI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты