XONAQOH

XONAQOH — katta bino yoki uning asosiy xonasi:

1) diniy meʼmoriy inshootlar (mayejid, Madrasa va b.)dagi katta xona (zal), ziyoratchilar uchun qurilgan jamoatxonapar, hujralar ham shunday ataladi;

2) sufiylar mashgʻulotlarini oʻtkazishga moʻljallangan katta xona va uning atrofiga qurilgan xujralardan iborat meʼmoriy maskan;

3) mahalla, qishloq masjidlarining tomi (yopmasi) gumbazli yoki tekis boʻlgan kishki kismi.

X., odatda, murabba yoki toʻrtburchak tarhli boʻlib, bir necha kirish eshigiga ega boʻlgan. Mujassamotida, ayniqsa, ochiq muhitda markaziylikka moyillik seziladi. Asosiy kirish eshigi anʼanaviy usulda baland peshtokli qilib qurilgan, eshiklar tobadoniga yogʻoch panjaralar oʻrnatilgan, ichi oddiy, ravoqli, tokchali, mexrobi serhasham bezatilgan. Binolar tarkibidagi X. maqbara boʻlgan yoki tunga oʻxshash vazifani bajargan (mas, Toshkent sh. dagi Baroqxon madrasasidati Suyunchxoʻja maqbarasi, Abulkosim madrasasidagi Moʻyi muborak X. va b.). Mahalla mayejidlari X. i gumbaz tomli qilib qurilsa ham, ayvonining shifti tekis boʻlgan. Koʻp holatlarda X. ham, ayvon ham bir xil toʻsinli qilib qurilgan. Yirik Xonaqohlar amaliy bezak sanʼati namunalari (ganch va yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik va b.) bilan jozibador bezatilgan (Buxorodagi Xoʻja Zaynuddin, Chor Bakr, Qosim Shayx X. lari diqqatga sazovor). X. maxsus bino sifatida Oʻrta Osiyoda Amir Temur davrida ham maʼlum boʻlgan, 16-a. dan keng miqyosda qurila boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan Xonaqohning vazifasi oʻzgarib borgan, soʻnggi oʻrta asrlarga kelib X. darvishlar zikru samoʼ qiladigan maskanga aylana boshlagan.


Lotin alifbosida maqola: XONAQOH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MAHALLA
XALQ IJODI
TOSHKENT VILOYATI
MADRASA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты