XONGUL

XONGUL, buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78—86 sm, boʻyi (yagʻrinidan) 56—60 sm, ogirligi 75— 100 kg. Toʻq kulrang, yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hoz. faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Urchish davrida urgʻochi va erkaklari birga poda boʻlib yuradi. Sent. —okt. da juftlashadi. Apr. —mayda bolalaydi. 2—3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan. X. soni kamayib ketganligi sababli Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: XONGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TABIATNI MUHOFAZA QILISH
TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
XITOY
BUXORO VILOYATI


Комментарии 2

Lazizff
Men bugun maktabda 5 oldim hazil 2
27 сентября 2022 07:32

A
Malamot uchun rahmat
31 января 2023 08:08

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты