YELIM RASSOMLIGI

YELIM RASSOMLIGI — rangtasvirda asar yaratish usullaridan biri. Boʻyoq (pigment)ning bogʻlovchi moddasi hayvon suyaklarini qaynatib olinadigan yelimdan iborat boʻlgani uchun shunday nomlanadi. Ayrim hollarda oʻsimlik yelimi, sintetik yelimlar ham ishlatiladi. Koʻpincha asar boʻr asos ustida yaratiladi. Qadimdan maʼlum boʻlgan Yelim rassomligi tasvirning yorqinligini taʼminlaydi, lekin tashqi taʼsirga chidamsiz, tez yuvilib ketadi, asosi qalinroq (dagʻalroq) boʻlganda qasnoqlanib tushadi. Shuning uchun xona ichlarini bezashda — devoriy rassomlikda ishlatiladi. Hozir asosan kino va teatr dekoratsiyalari, bayram namoyonlari, muvaqqat plakatlar yaratishda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YELIM RASSOMLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
KINO SANʼATI
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты