XONGXA

XONGXA, Songkoy (xitoycha Yuanszyan) , Qizil dare — Xitoy va Vyetnamdagi dare. Uz. 1183 km, havzasining mayd. 158 ming km2. Yunnan togʻligidan boshlanib, asosan, togʻlardan oqadi. Quyi oqimida Bakbo tekisligidan okib, Bakbo (Tonkiy) qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 3800 m3/ sek. Suv rejimi mussonli, yozda toshadi. Toshqinlarning oldini olish maqsadida qirgʻoklari dambalar bilan toʻsilgan. Suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Yozda dengiz kemalari Xanoy sh. gacha (quyilish yeridan 175 km) bora oladi. Daryo suvida juda koʻp qizil rangdagi oqiziqlar oqib keladi (daryo nomi shundan). X. boʻyida Xekou, Laokay, Yenbay, Xanoy va b. shaharlar, deltasida Xayfon dengiz porti joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: XONGXA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
SIRDARYO
VYETNAM
O'rta Osiyoning qadimgi tarixining Xitoy manbalarida yoritilishi


Добавить комментарий