YELIMLI BIRIKMA

YELIMLI BIRIKMA — mashina detallari, qurilish konstruksiyalari, mebellar, yengil sanoat buyumlari va b. ning yelim yordamida tayyorlanadigan ajralmas birikmalari. Yelimli birikma turli xil materiallarni mahkamlashga imkon beradi. Poʻlat, alyuminiy, jez, tekstolit, getinaks, shisha, faner, yogʻoch, gazlama, plastmassa, rezina va b. materiallardan buyumlar tayyorlashda Yelimli birikma foydalaniladi. Jihozlarni yigʻish va inshootlarni qurishda Yelimli birikma payvandlash, parchinlash va b. usullarning oʻrnini qoplashi mumkin. Siljishga yoki bir tekis uzilishga duchor boʻladigan birikmalarda Yelimli birikma usuli qoʻllaniladi. Yelimli birikma choki juda mustahkam boʻlib chiqadi. Mas, plastmassalarning yelimlangan choki mustahkamligi material mustahkamligidan ham yuqori boʻladi, lekin Yelimli birikma uzoqqa chidamaydi. Yelimli birikma uchun duradgorlik yelimlari, universal (hammabop) yelimlar, organik va anorganik yelimlar ishlatiladi (q. Yelim).


Lotin alifbosida maqola: YELIMLI BIRIKMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
SHISHA
TOSHKENT
YER
DURADGORLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты