XONDAM KANALI

XONDAM KANALI — Toshkent viloyatidagi yirik va murakkab gidrotexnika inshooti, 1928—32 yillarda qurilgan. Chapqirgʻoq Qorasuv kanalining 3 km dan suv olish inshooti yordamida suv oladi. Dastlabki uz. 49 km. 1970-y. dan keyin amalga oshirilgan rekonstruksiya natijasida qayta qazildi, uning uz. 77,5 km ga yetkazildi, kanal kengaytirildi, trassasi uzaytirildi va bosh qismidagi hisobiy suv sarfi 23 m3/sek. ni tashkil etdi. Kanal trassasi murakkab relyefni togʻ oldi tekisliklardan oʻtgani bois uning koʻp kismi qazma (chuq. 25 m gacha) va koʻtarma (bal. 30 m gacha) oʻzandan iborat. Kanal tubining kengligi 2—4 m, devorlarining qiyaligi 1,75 m ga teng. Kanal oʻzaniga filtratsiyaga qarshi 15 sm qalinlikdagi beton toʻshama yotqizilgan. Uning oʻng qirgʻogʻida 7 m enlikda inspeksiya yoʻli qurilgan. Kanalda koʻp sonli gidrotexnika inshootlari barpo etilgan: uning 28 km da 15 m balandlikdagi sharshara, Parkentsoy, Qizilsoy, Samsaraksoylar bilan kesishgan joylarda dyukerlar qurilgan, 10 ga yaqin yirik koʻpriklar, 5 ta yirik suv chiqargich, 2 ta suv toʻsgich, 4 ta suv tashlagich barpo etilgan. Trassaning oxiri Xoʻjabaland kanali b,n tutashtirilgan. Kanal oʻng qirgʻogʻidagi 15 ming gektarga yaqin ekinzorni sugʻorish imkoniyatiga ega.


Lotin alifbosida maqola: XONDAM KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты