XONDAMIR

XONDAMIR Gʻiyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy (1473—76, Hirot — 1534, Mandu; Dehlida dafn etilgan) — tarixchi. Ona tomondan Mirxondiing nabirasi va shogirdi. Otasi temuriylardan Sulton Maxmud mirzoning vaziri boʻlgan. 10 yoshida Navoiyning kutubxonasida kutubxonachi, 1498-y. mudir. 1503-y. dan Balxda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1507—10 y. larda Shim. Afgʻonistonda (Basht qishlogʻida) adabiy ijod bilan shugʻullangan. 1510-y. X. Hirotga qaytib kelgan. 1528-y. X. Hindistonga, boburiylar poytaxti Agraga, yaʼni Bobur xuzuriga borgan va 1529-y. Boburning Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishida qatnashgan. Bobur vafotidan soʻng X. uning vorisi Humoyun bilan harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Ayni vaqtda u «Humoyunnoma» asarini yozadi. Bu xizmati evaziga unga «Amir ulmuarrixin» unvoni berilgan. Humoyun bilan harbiy yurishdan qaytib kelayotganda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Dehlidagi mashhur qabristonga, shoir Xusrav Dexlaviy (1253—1325) yoniga dafn etilgan. X. 13 ta asar yozgan, bizgacha 8 tasi yetib kelgan; «Maʼosir ulmuluk» («Hamasr podshoxdarning tarixi») (1498—99); Alisher Navoiyga bagʻishlangan: «Xulosat ulaxbor fi bayon ulahvol ulaxyor» («Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi») (1498— 1500) va «Makorim ulaxloq» («Oliyjanob xulkdar») (1501); «Dastur ulvuzaro» («Vazirlar uchun qoʻllanma») (1500 — 01); «Nomai nomi» («Atokli nomalar») yoki «Inshoi Gʻiyosiddin», «Inshoi Gʻiyosiy» (1522—23); Mirxondning «Ravzat ussafo» asariga X. tomonidan qoʻshilgan ilova — 7jild va «Geografik qoʻshimcha» (1522—23); «Habib ussiyar fi axbor afrod ulbashar» («Inson zoti xabarlari va doʻstning tarjimayi holi») (1520—24); «Humoyunnoma» (1534).

Xondamirning qolgan 5 ta asarining nomlari maʼlum xolos: «Osor ulmuluk valanbiyo» («Podshoh va paygʻambarlar haqida hikoyalar») (1524—25); «Axbor ulaxyor» («Yaxshi insonlar haqida xabarlar»); «Muntaxabi tarixi Vassof» («Vassof tarixidan saylanma»); «Javohir ulaxbor» («Xabarlar gavharlari»); «Gʻaroyib ulasror» («Qiziqarli sirlar»). Navoiyning maʼlumotiga kura, X. «Nakiy» taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Xondamirning 3 jildli «Habib ussiyar fi axbor afrod ulbashar» asarining 1 va 2jiddi Turkistondagi xonlar, Chingizxon va uning avlodlarining tarixi haqida, 3jildida esa, 15-a. ning 90-y. larida Movarounnaxr va Xurosondagi temuriylar oʻrtasidagi oʻzaro kurashlar, Shayboniyxon bosqini haqida birmuncha maʼlumotlar bor. X. Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston tarixiga oid muhim asarlar yaratgan va bu bilan jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻshgan.

Dilorom Yusupova.


Lotin alifbosida maqola: XONDAMIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BOBUR
TEMURIYLAR
AMIR TEMUR
JALOLIDDIN MANGUBERDI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты