YELKA

YELKA, kift — qoʻlning boshlanish qismi; uning asosini yelka skeleti tashkil etadi. U tashqi tomondan qoʻlning erkin (osilib turgan) qismiga oʻtsa, ichki tomondan umurtqa pogʻonasiga taqaladi. Yelka kamari suyaklari (kurak suyagining yelka oʻsigʻi bilan oʻmrov suyagi) boylamlar b-n oʻzaro birlashib muskullar, teri osti yogʻ qavati, teri bilan qoplangan. Yelka muskullari oldindagi — bukuvchi va orqadagi yozuvchi muskullardan tuzilgan. Yelka qoʻltiq va yelka arteriyasidan qon oladi. Terisiga yelka chigalidan, bukuvchi muskullarga muskul-teri nervidan, yozuvchi muskullarga bilak nervidan tolalar keladi. Yelkaning shakllanishi, keng yoki tor boʻlishi uni qoplab turgan deltasimon muskul qolatiga bogʻliq. Jismoniy mehnat, sport bilan shugʻullangan odamlarda kift rivojlangan, keng, zabardast boʻladi. Ayollar yelkasi bir oz noziqroq tuzilgan.


Lotin alifbosida maqola: YELKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ODAM
MUSKULLAR
YURAK
TERI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты