XONDIZA POLIMETALL RUDA KONI

XONDIZA POLIMETALL RUDA KONI — Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻlarining jan. gʻarbiy qismida, Denov sh. dan 90 km narida joylashgan. Vulkanogen jinslardagi kolchedanpolimetall sanoatgenetik tipga mansub. Konda 1968—74 y. larda mufassal razvedka ishlari olib borilgan. Konni T. Sh. Shoyoqubov ochgan. Xondiza polimetall ruda koni vulkanotektonik strukturada joylashgan boʻlib, asosan, andezitdatsitriolit tarkibli quyi karbon togʻ jinslaridan tuzilgan. Intruziv togʻ jinslaridan granitporfir, gabbrogranit, gabbrodiorit, diabazporfir, adamelit va lamprofirlar mavjud. Kondagi eng katga ruda toʻplami vize yarusining zoy (C,t—V,) va vaxshivar (C,v2S) svita yotqiziklarida (konglomerat, qumtosh, alevrolit va riolitli tuflar) joylashgan. Asosiy rudalashuv zonasi bir-biriga yaqin joylashgan, 10 — 20 m dan 120—150 m gacha boʻlgan qatlamsimon va linzasimon tanalardan iborat boʻlib, yalpi brekchiyasimon hamda xolxolsimon rudalar majmuasidan iborat. Polimetall rudalar, asosan, galenit, sfalerit, xalkopirit minerallaridan tashkil topgan. Oz mikdorda pirit, kvars, seritsit, dolomit, xlorid ham uchraydi. Rudada asosiy elementlar (Zn, Pb, Si) dan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega Ai, Ag, Cd, Se, Fe va b. bor. X. p. r. k. da qoʻrgʻoshin — 703,8 ming t (rudadagi tarkibi 2,99%), rux — 1503,8 ming t (6,39%), mis 173,1 ming t (0,85%), kumush — 2333,3 t (114,3%), oltin — 7064 kg (0,35 g/t), selen — 128 t (0,00068%), kadmiy, indiy va b. ning zaxiralari aniqlangan. Xondiza polimetall ruda konini oʻzlashtirish 2005-y. dan qoʻshma korxona tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshirish moʻljallangan.


Lotin alifbosida maqola: XONDIZA POLIMETALL RUDA KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
YER
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты