YELKADA KURASH

YELKADA KURASH — milliy yoshlar oʻyini. Oʻzbek kurashidan kelib chiqqan. Oʻyinning oddiy kurashdan farqi — musobaqa faqat tepada, yelka («ikkinchi qavat»)da boʻladi. Kurashni faqat yelkadagi oʻyinchilar olib boradi, pastdagi oʻyinchining vazifasi yelkadagi odamning tizzalaridan mahkam ushlab unga koʻmaklashishdan iborat. Kurashda kim birinchi boʻlib raqibini toʻshakka yoki yerga agʻdarib tushirsa oʻsha gʻolib hisoblanadi. Agar ikkala kurashchi baravar agʻdarilib tushsa, qaytadan kurashishi lozim. Bu oʻyin maysazorda yoki toʻshaklar toʻshalgan sport zalida oʻtkazilishi mumkin. Raqiblar jamoalarga boʻlinib ham musobaqalashadilar. Yelkada kurash «Alpomish oʻyinlari» festivali musobaqalariga kiritilgan. Yelkada kurash oʻyini bolalar va yoshlarning jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Lotin alifbosida maqola: YELKADA KURASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SPORT
XITOY
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты