XONZODA BEGIM

XONZODA BEGIM, Sevinbeka (? — 1411.3.11, Tus) — Xorazm malikalaridan biri. Oʻzbekxonnint nabirasi. Xonzoda begim nomi bilan mashhur boʻlgan.

1374-y. X. b. izzatikrom bilan Samarqandga keltirilgan va Jahongir Mirzoga nikohlab berilgan. Ularning nikohidan Muhammad Sulton Mirzo tugʻilgan. 1376-y. Jahongir Mirzo vafotidan soʻng Xonzoda begim Amir Temurning 3oʻgʻli Mironshoh nikohiga kirgan (1383). Mironshoxdan Xalil Sulton Mirzo dunyoga kelgan. Xonzoda begim oʻtkir zehnli, aqlfarosatli hamda tadbirkorligi tufayli Amir Temur eʼtiborini krzongan. 1407-y. da Xonzoda begim Makkatullo ziyoratiga ketgan. Ziyoratdan qaytgach, Abdurazzoq Samarqandiynnng maʼlumotiga karaganda oʻgʻli, Xalil Sulton Mirzoning oʻlimidan bir necha kun ilgari vafot etgan.

Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Ryui Gonzales de Klavix o, Dnevnik puteshestviya v Samarkand k dvoru Temura (1403—1406), M., 1990; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.


Lotin alifbosida maqola: XONZODA BEGIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
ULUGʻBEK
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты