YELKANTEPA

YELKANTEPA, Yelkendepe — Kopetdogʻ etaklari (Turkmaniston)da joylashgan jez davri arxeologik yodgorligi. Qishloqda hayot mil. av. 7—6-a. larda taraqqiy etgan. Bu davrda qishloq markazida bal. 6 m, diametri 130 m ga yetadigan hisor qad koʻtargan. Hisorning atrofidagi 500×290 m ga choʻzilgan maydonda atrofi devor bilan oʻrab olingan aholi turar joylari joylashgan. Devor oldiga xandaq qazilgan. Keyinchalik Yelkantepa dagi aholi koʻpayib, qishloqning kengayishi tufayli u yangi devor bilan oʻralgan. Yelkantepa dagi mudofaa devorlari qoʻshaloq boʻlib, umumiy qalinligi 10,5 m ga yetgan, devorlarning orasida kengligi 6 m li yoʻlak boʻlgan. Shunday devor hisor atrofiga ham qurilgan. Ular toʻgʻri burchakli xom gʻishtdan bunyod etilgan. Yelkantepadan temirdan (pichoqlar, yponyiap), jezdan (paykonlar), toshdan (yorgʻuchoqlar) qilingan buyumlar, mis eritish, temirni qayta ishlash ustaxonalari qoldiqlari saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YELKANTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
MISR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты