YELPIGʻICH DUMLI QUSHLAR

YELPIGʻICH DUMLI QUSHLAR, yangi qushlar (Ornithuare, yaʼni Neornithes) — qushlar kenja sinfi. Arxeopteriksdan tashqari hamma qushlarni oʻz ichiga oladi. Tumshugʻi muguz bilan qoplangan, umurtqalari egarsimon (geterotsel), oxirgi dum umurtqalari oʻzaro qoʻshilib pigostilni hosil qiladi. Bu joyga dum patlari yelpigʻich hosil qilib birikadi (Ye. d. q. nomi shundan olingan), qanotlaridagi barmoqlari skeleti oʻzaro birikkan va qisman reduksiyaga uchragan, miyasi yirik va murakkab tuzilgan. Zamonaviy tasnifga binoan tishli qushlar, suzuvchi qushlar, ixtiornislar va yangi tanglayli qushlar katta turkumlariga boʻlinadi, 34 turkum va 9600 (jumladan hoz. 8660) turni oʻz ichiga oladi. Barcha muhit — suv, havo, quruushk, hatto qisman yer osti muhitini egallagan (guaxaro va salangalar gʻorlarda yashaydi). Odatda yaxshi uchadi, koʻpchiligi quruklik yuzasida va suvda yashaydi. Ayrim turlari ikkilamchi tarzda uchish qobiliyatini yoʻqotgan. Yelpigʻich dumli qushlarning xattiharakati juda murakkab boʻlib, mukammal tovush va koʻrish signallariga ega; ovozi, patlarining rangi va shakli xilma-xil boʻladi. Ular ancha mukammal tuzilishga ega boʻlgan koloniya, tuda, doimiy juft va b. uyushmalar hosil qiladi (q. Qushlar).


Lotin alifbosida maqola: YELPIGʻICH DUMLI QUSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
QUSHLAR
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты