YELPIGʻICH QANOTLILAR

YELPIGʻICH QANOTLILAR (Strepsi ptera, yaʼni Rhipiptera) — parazit hasharotlar turkumi. 300 turi maʼlum. Pardaqanotlilar, saratonlar, toʻgʻriqanotlilar, beshiktervatarlar, qandalalar, ikki qanotlilar va qildumli hasharotlarda parazitlik qiladi. Juda mayda hasharotlar (uz. 1,5—4 mm). Jinsiy dimorfizm yaqqrl koʻzga tashlanadi. Erkaklarining tanasi bosh, koʻkrak va qoringa boʻlinadi; ogʻiz organlari kuchli reduksiyalangan, oziqlanmaydi; oldingi qanoti oʻsimta shaklida; keyingi qanoti keng pardasimon, tinch holatda yelpigʻichga oʻxshab, taxlanib turadi. Urgʻochi Yelpigʻich qanotlilar hayoti davomida hasharotlar ichki organlarida parazitlik qiladi; oyogʻi va qanoti boʻlmaydi; boshi koʻkragi bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Yelpigʻich qanotlilarning qurtlari odatda oʻsimlikka oʻrnashib olib, oʻz xoʻjayinining yaqinlashishini kutib turadi. Xoʻjayini tanasiga yopishib olgan parazit maxsus ferment yordamida uning xitin poʻstini eritib, tana boʻshligʻiga kirib oladi.


Lotin alifbosida maqola: YELPIGʻICH QANOTLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BESHIKTERVATARLAR
ODAM
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты