XONOBODTEPA

XONOBODTEPA — shahar xarobasi (mil. 6—13-a. boshi — 16—17-a. lar). Toshkent sh. jan. da Chirchiq daryosining oʻng sohilida, daryodan 0,5 km narida joylashgan. Oʻtgan asrning 30—60-y. larida M. Ye. Masson, V. M. Masson, Yu. F. Buryakov; 1971—75 y. larda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyam (V. A. Bulatova, L. G. Brusenko, L. L. Rtveladze, E. V. Rtveladze, M. I. Filanovich) tekshirgan. X. yodgorligi kvadrat (530×500 m) shaklda. Maydoni taxm. 30 ga. U keng xandaq bilan oʻralgan ark va shahristondan iborat. 6-a. da istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad koʻtargan. X. 7-a. oʻrtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan oʻralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uyjoylar, maydon va bozor joylashgan. 8-a. ning 1-yarmida vayronaga aylanib, 9—12-a. larda hayot tiklangan. 13a. boshida moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan soʻng, 15—16-a. larda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi ark (104×80 m) bino kilingan. Shahar xarobasidan 8-a. ning 1-yarmiga oid tangalar (Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Usrushona xrkimi Satachuriy II, Sugd ixshidi Turgar (738—750), turk xoqoni Eltegin tangalari) va abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqogʻida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi oʻymakor naqshli ostodonlar, buka boshli sirlangan qadah, 6—12-a. larga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan.

LA. Filanovich M. I., Tashkent. Zarojdeniye i razvitiye goroda i gorodskoy kulturы, T., 1983; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.

Abdulahad Muhammadjonov.


Lotin alifbosida maqola: XONOBODTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты