YELYUY CHUTSAY

YELYUY CHUTSAY (1189.3.8-1243.2.6) – Xitoydagi Yuan (moʻgʻul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi. Kidoshyurnij Lyao saltanati hukmdorlari avlodidan. 1214-y. chjurchjenlarning Szin davlati hokimlari tomonidan Pekin sh. noibligiga tayinlangan. Moʻgʻullar tomonidan Pekin bosib olingandan (1215) keyin Chingizxonning xizmatiga oʻtgan. Markaziy Osiyoga (1219) va Hindistonga (1224) qilingan bosqinchilik yurishlarida Chingizxonga hamroh boʻlgan. Chingizxon vafotidan soʻng moʻgʻul xonlaridan Oʻqtoyxon va Xubilaynnng eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. Moʻgʻullar bosib olgan yerlarda turli xil soliq, toʻlovlar tizimini joriy etishda katta rol oʻynagan. «Gʻarbga qilingan sayohat xotiralari» asarida safar taassurotlarini bayon etgan. Asar moʻgʻullar bosqini davrida Movarounnahr haqida koʻplab tarixiy, geografik, etnografik maʼlumotlarga boy.


Lotin alifbosida maqola: YELYUY CHUTSAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
TOSHKENT
TEMURIYLAR
GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты