XONTAXTA TIZMASI

XONTAXTA TIZMASI — Hisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmoklaridan biri. Jan. va jan. gʻarbda Katta Oʻradaryo, shim., shim. sharq va sharqqa 60 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 1500—2500 m, eng baland joyi 2938 m. Suvayirgʻich qismi tekislangan yuzalardan iborat. Yon bagʻirlari jan. va sharqiy qismida Katta Oʻradaryo oʻzanidan deyarli tik koʻtarilgan, shim. gʻarbiy yon bagʻri esa bir oz nishab. Etagida adirlar bilan tutashib ketgan va koʻplab daryolar (Langar, Katta Oʻradaryoning chap irmoqlari) bilan zich va chuqur kesilgan. Xontaxta tizmasi antiklinal strukturadir. Uning suvayirgʻich qismi paleozoy davri yetqiziqlaridan tashkil topgan. Tizmaning yon bagʻirlarida yura, boʻr va paleogen ohaktoshlari, gipsli gillar, mergel, qumtosh, konglomeratlar tarqalgan. Daryolar koʻp qismida chuqur daralar hosil qilgan. Ohaktoshlar tarqalgan hududida karst (karst gʻori, voronka va karrlari) hamda kuesta relyef shakllari hosil boʻlgan. Iqlimi quruq, yogʻingarchilik asosan, qish va bahorda boʻladi. Qoʻngʻir va jigarrang tuproqlarda archazorlar, butazor va b. oʻsimliklar tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XONTAXTA TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TYANOʻPAN
POMIR
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты