YEM-XASHAK BRIKETLARI

YEM-XASHAK BRIKETLARI — taxtacha ozuqa, taxtacha (briket) koʻrinishida presslangan ozuqa. Dagʻal xashaklar (pichan, somon va b.) yoki mineralli, vitaminli yoki boshqa qoʻshimchalar qoʻshilgan konsentrlangan ozuqalar (kunjara, shrot va b.), shuningdek, bu ozuqalar aralashmalaridan tayyorlanadi. Ozuqalar briketlanganda isrof boʻlishi kamayadi, omborxonalarda kam joyni egallaydi, ozuqa toʻla isteʼmol boʻladi, tashish qulaylashadi. Briketlashda biriktiruvchi va taʼmini yaxshilovchi komponent sifatida mellassadan foydalaniladi. Ye.-x. b. zichligi 500—700 kg/m3; uz. 70 mm, kesimi 30 — 60 mm, namligi 9—15%, uqalanishi koʻpi bilan 15% qilib ishlab chikariladi. Barcha toʻyimli va biologik faol moddalar bilan boyitilgan boʻlib, hayvonlar turi, jinsi, yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab alohida retseptlarda ishlab chiqariladi. Ularni quruq holida, maydalab yoki ivitib mollarga berish mumkin. Briketlarni tayyorlashda maxsus yem-xashak briketlash mashinalari qoʻllaniladi.

Ad.: Qishloq xoʻjalik hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: YEM-XASHAK BRIKETLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
DAGʻAL OZUQA
PICHAN
YEM-XASHAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты