XONTOʻRAYEV Turgʻunboy Anorboyevich

XONTOʻRAYEV Turgʻunboy Anorboyevich (1935.31.12, Andijon viloyat Asaka sh.) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1957). 1954-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri) aktyori. «Qutlugʻ qon» (Oybek) spektaklidagi Mirshab obrazi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Kichik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etish, qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini atroflicha ochishga urinish, ular orqali ulkan badiiyfalsafiy umumlashmalar mujassam eta olish X. ijodiga xosdir. Idris (M. Dib, «Jazoir — mening Vatanim») , Goʻrkov (U. Shekspir, «Hamlet»), Sayyor (O. Yoqubov, «Yurak yonmogʻi kerak»), Miller (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), Shokirboy (B. Avazov, «Furqat»), Boqijon (R. Bobojon, «Togʻa jiyanlar»), Seydizo (M. Kaoru, «Oʻgʻirlangan umr»), Sayfiqori (F. Musajonov, «Oq kabutar»), Bobo Kayfiy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Maymandiy (Uygʻun, «Abu Rayhon Beruniy»), Musulmonqul (I. Sulton, Abdulla Qodiriyning «oʻtgan kunlari») va b. uning teatrda yaratgan eng yaxshi obrazlaridan.


Lotin alifbosida maqola: XONTOʻRAYEV Turgʻunboy Anorboyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
JAZOIR
TEATR
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты