XONQA

XONQA — Xorazm viloyati Xonqa tumaniya&tm shaharcha (1981-y. dan), tuman markazi. Amudaryodan 6 km gʻarbda, viloyat markazi (Urganch sh.)dan 12 km sharqda joylashgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 35,9 ming kishi (2004). Shaharcha tarixiy adabiyotlarda Safardiz nomi bilan tilga olinadi. 13-a. da moʻgʻullar tomonidan vayron etilganidan soʻng bu yerda masjidning birgina xonakohi saklanib qolgan. Ya. Gʻulomovning taʼrificha, Xonqaning nomi (Xonakoh — Xonaqo — Xonqa) shundan kelib chiqqan. Xonqada 1890-y. da rus savdogarlari tomonidan paxta tozalash zavodi qurilgan. Xonqada haftada 2-marta bozor boʻlgan.

Shaharchada paxta tozalash zavodi, «Xonqa guruch», «Don mahsulotlari» ktlari, Oʻzbekiston — Italiya «Meva» konservalash qoʻshma korxonasi va b. bor. Savdo tijorat doʻkonlari, dehqon bozori, 40 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi ishlab turibdi. 15 umumiy taʼlim maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, 3 madaniyat uyi, 8 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, 40 sport maydonchasi, sport zali va b. sport inshootlari, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Xonqadan Urganch, Toʻrtkoʻl, Bogʻot, Hazorasp va b. shahar va shaharchalarga avtobuslar qatnaydi, Urganch—Toshkent poyezdi oʻtadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan Sayd ota jome masjidi (1766, 1912, 1989-y. larda taʼmirlangan) va maqbarasi saklangan. 17—19-a. larda Xonqadan Dilovarxoʻja, Andalib, Islomxoʻja, Ibrohimxoʻja, Hoji Muhammad Aminaddin oʻgʻli kabi mashhur kishilar yetishib chiqqan.

Komil Nurjonov.


Lotin alifbosida maqola: XONQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
ITALIYA
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты